Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokioda KXDR fuqarolari assotsiatsiyasi binosiga qarata o‘t ochishdi
Ultra o‘ng guruhning ikki vakili, Yosinori Kavamura va Satosi Katsurada Tokioda KXDR fuqarolari assotsiatsiyasi binosi darvozasiga bir necha marta o‘q uzdi. Bu haqda Kyodo News xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, ular tashkilot binosiga mashinada kelishgan hamda darvozalarga qarata bir necha marta o‘q uzishgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Gumonlanuvchilar bino yonida navbatchilikda bo‘lgan politsiya naryadi tomonidan qo‘lga olindi. Ayni damda erkaklarga qurolni noqonuniy saqlash bo‘yicha ayblov qo‘yildi.
Yaponiyadagi Shimoliy Koreya fuqarolari assotsiatsiyasi KXDR elchixonasi funksiyalarini bajaradi, sababi mamlakatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar yo‘q.
Politsiya gumonlanuvchilar bu ishni nega sodir etishganini aniqlamoqda.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
17:15 / 27.04.2026