Jahon | 09:15 / 24.02.2018
6519
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikadagi eng yirik universitet yonida otishma, qurbonlar bor

Foto: El Pais

Meksika Milliy muxtor universiteti yonida ro‘y bergan otishma natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda El Pais.

Ta'kidlanishicha, qurbonlarning yoshi 20 va 29da bo‘lgan. Ularni universitetni qo‘riqlash xizmati xodimlari topishdi, aynan ular tibbiyot xodimlarini chaqirishgan. Jabrlanuvchilar shifoxonaga olib ketildi, biroq olingan jarohatlari tufayli hayotdan ko‘z yumishdi.

Ayni damda tergov olib borilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa o‘zaro raqobatda bo‘lgan jinoiy guruhlar o‘rtasidagi mojaro bo‘lishi mumkin. Ularning giyohvand moddalarga aloqasi borligi aytilmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, o‘ldirilganlar oliy ta'lim muassasasi xodimlari yoki talabalari emas.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid