Jahon | 07:58 / 24.02.2018
10641
2 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada 110 dan ko‘proq o‘quvchi qiz o‘g‘irlab ketilgani ma'lum qilindi 

Foto:AP Photo / Olamikan Gbemiga

Nigeriyada harakat qiluvchi “Boko Harom” terrorchilik guruhi jangarilari Nigeriyaning Yobe shtatidagi maktabdan 110 nafar o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda politsiyaga iqtibos keltirgan holda PM News mahalliy nashri xabar bermoqda. 

22 fevralda Dapchi qishlog‘idagi maktabga hujum qilingandan keyin 46 qiz o‘g‘irlab ketilgani ma'lum qilingandi. Biroq politsiya ularning o‘g‘irlab ketilganlarini rad etgandi.

2014 yil aprelda guruh jangarilari Chibok shahridagi maktabdan 276 qizni o‘g‘irlab ketishgan. Guruh yetakchisi ularni hibsda ushlab turilgan jangarilarga almashtirishni taklif qilgan, biroq hukumat bunga rozi bo‘lmagan. 

Qizlardan 20 dan ko‘prog‘i Qizil Xoch qo‘mitasi vositachiligida ozod qilingan. Yana bir necha qiz tutqunlikdan mustaqil qochishga muvaffaq bo‘lgan yoki xalos etilgan. Shundan keyin yana 195 qiz bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan. 2017 yil may oyida Nigeriya hukumati qizlardan 82 nafari jangarilarga almashtirilganini ma'lum qilgan. Biroq qolgan 113 qizning taqdiri noma'lumligicha qolgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid