Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somalidagi teraktlar tufayli halok bo‘lganlar soni 38 kishiga yetdi
Foto: Reuters
Somali poytaxti Mogadisho shahrida yuz bergan teraktlar tufayli kamida 38 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda TRT World.
Xabar qilinishicha, teraktlar prezident qarorgohidan uncha uzoq bo‘lmagan yerda yuz bergan. Ikkita avtomobil portlatilgan, shundan so‘ng terrorchilar huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan otishmani yuzaga keltirgan.
Teraktlar uchun mas'uliyatni «Ash-Shabob» terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Avvalroq Somali poytaxti Mogadishoda 23 fevral kechki payt sodir bo‘lgan ikkita portlash oqibatida 18 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
09:47 / 12.03.2026
Norvegiyada AQSh dipmissiyasi yonidagi teraktda gumon qilinganlar qo‘lga olindi
09:20 / 23.02.2026
Zelenskiy: Lvivdagi teraktni RF Telegram orqali tashkil etgan
16:41 / 22.02.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
21:43 / 16.02.2026