Jahon | 15:30 / 24.02.2018
3829
1 daqiqa o‘qiladi

Vashington Shimoliy Koreyaga maksimal bosimni davom ettiradi

Foto: Reuters

AQSh Oq uy vakili Sara Sandersning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar hukumati KXDR tashqi siyosati o‘zgarishi va Koreya yarim oroli asta-sekin yadro qurolidan xoli hududga aylanishiga maksimal bosim yordamida erishmoqchi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

«AQSh KXDRga maksimal bosim o‘tkazishda davom etadi. Biz umid qilamizki, Shimoliy Koreya harakatlarida o‘zgarishlarni ko‘ramiz, u Koreya yarim oroli yadro qurolidan xoli hududga aylanishi bo‘yicha sa'y-harakatlarni ko‘rishi kerak. Bu bizning asosiy maqsad sanaladi», - deya aytib o‘tdi Sanders.

Shuningdek vakilning ta'kidlashicha, mamlakatning amaldagi prezidenti Donald Tramp AQSh avvalgi ma'muriyati tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaydi.

Avvalroq AQSh KXDRga qarshi sanksiyalar doirasida yangi ishga bel bog‘lagani ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid