Jahon | 17:20 / 26.02.2018
11100
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Rossiya sanksiyalar bekor qilinishini so‘rayotgani yo‘q

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Moskva YeIdan sanksiyalar bekor qilinishini so‘rayotgani yo‘q, biroq sheriklar bilan muloqot tarafdori sanaladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Biz hech qachon na Yevropa ittifoqi, na sanksiyalarga qo‘shilgan boshqa davlatlardan bu sanksiyalar bekor qilinishini so‘ramayapmiz, sanksiyalarni bekor qilish shartlari bo‘yicha qandaydir muzokaralarni o‘tkazmaymiz», - deya aytib o‘tdi Lavrov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni izolyatsionizm siyosatidan chekinmoqda, u ham o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish, ham boshqa davlatlarning Rossiyani yakkalatib qo‘yish harakatlariga aloqador.

«Bizning o‘zaro harakatlarimiz bo‘yicha muvofiqlashtirilgan yo‘nalishlarga amal qilishda davom etamiz, biznes istaklariga ijobiy javob qaytarishga tayyor bo‘lamiz, u esa bunday nosog‘lom vaziyatni tezroq yo‘qotish lozimligi haqida bot-bot gapirmoqda», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Lavrov.

Mavzuga oid