Jahon | 10:28 / 26.02.2018
17899
1 daqiqa o‘qiladi

Sakkizta kollej Axborot texnologiyalari vazirligiga o‘tkaziladi

Foto: tpkit.uz

AKT sohasidagi sakkizta kasb-hunar kolleji Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga o‘tkaziladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bilan nazarda tutilgan.

1 sentabrgacha kollejlarni vazirlik tarkibiga o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy choralar ko‘riladi. Kutilishicha, bu AKT sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirishga yordam beradi.

Bundan tashqari, maktablarda informatika darslari ko‘paytiriladi, deb yozmoqda Spot.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Axborot texnologiyalari vazirligida 4 ta tarkibiy bo‘linma tashkil etilgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid