Jahon | 23:10 / 27.02.2018
13081
4 daqiqa o‘qiladi

Argentinadagi Rossiya elchixonasidan topilgan 400 kg kokain mashmashasi

Foto: AP

Buenos-Ayresdagi Rossiya elchixonasi qoshidagi maktabda 400 kilogrammga yaqin kokain topildi, uni Moskvaga jo‘natmoqchi bo‘lishgani taxmin qilinmoqda. RF va Argentina maxsus xizmatlari qo‘shma operatsiya doirasida narkotrafikka aloqadorligi gumon qilinayotgan 5 kishini qo‘lga olishdi. Ularning qatorida elchixonaning sobiq xodimi ham bo‘lib, u kokainni Rossiyaga yuborishga tayyorlayotgani taxmin qilingan. Shu munosabat bilan rossiyalik amaldorlar noqulay savollarga javob berishlariga to‘g‘ri keldi, deyiladi "Meduza" saytida.

Rossiya TIVda dastlab kokainni maktabda texnik xodim qoldirgani va bugunga kelib u diplomatik missiyada ishlamasligi  aytildi. Shundan so‘ng Rossiyaning Argentinadagi elchisi Viktor Koronelli kokainni maktabga elchixonaning sobiq xo‘jalik ishlari mudiri Ali Abyanov olib kirganligi to‘g‘risidagi taxminni tasdiqladi. Koronellining so‘zlariga ko‘ra, Abyanov maktab kompleksi garajidan erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan va omborga cheklovsiz kirish imkoniga ega bo‘lgan, oxir-oqibat aynan shu yerda kokain topilgan. 

Buenos-Ayresda yashab, farzandlarini kokain topilgan maktabga olib boruvchi Maksim Mironov o‘z blogida TIVni elchixonaning boshqa xodimlari kokain tashishga dahlsiz ekanligiga doir yolg‘onda aybladi. Blogerning so‘zlariga ko‘ra, maktabda xavfsizlik rejimi shu darajadaki, uning ichidan 12 chemodan giyohvand moddani shunchaki olib o‘tishning iloji yo‘q. 

TIV telegramda bunga javob qaytarib, Mironovni "mahalliy muxolifat yetakchisi" roliga da'vogar deb atadi. Idorada Mironovning farzandlari sirttan o‘qishi qayd etildi - bu esa ularning maktabga yilda faqat ikki marta ota-ona hamrohligida kelishi mumkinligini bildiradi. Xatda yozilishicha, texnik xodimlar maktabning barcha xonalariga cheklovsiz kirish imkoniga ega, ta'til davrida esa binoning muhofaza tizimi  umuman ishlamaydi, bu esa "yovuz niyatli kishilarning maqsadini sezilarli darajada osonlashtirishi mumkin".

Argentina OAVda taqdim etilgan audioyozuvlarda ismi "O" harfidan boshlanuvchi elchixona xodimi quloqqa chalinadi. Unga "12 quti konyak" yetkazib berishni ta'minlab murojaat qilishadi. "O" javob beradi: "Men bunga aralashishni xohlamayman. Uzr, muammo orttirishim mumkin". Mironovning taxmin qilishicha, "O" - aslida elchining xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Oleg Vorobyov. TIV bunga hech qanday izoh bermadi. 

Elchixonada kokain 2016 yilda topilgan, bir yildan keyin esa giyohvand modda un bilan almashtirib qo‘yilgan chemodanlar ichki ishlar xodimlari nazorati ostida Rossiyaga yo‘llangan. Moskvada uni qabul qiluvchilar, shu jumladan Abyanov qo‘lga olingan. Argentina OAV dastlab kokain Rossiyaga Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev uchgan samolyotda olib kelinganini taxmin qildi. Xavfsizlik kengashi apparatida bu ma'lumot inkor qilindi. 

23 fevral kuni Argentina jandarmeriyasi chemodanlar 96023 raqamli samolyot bortiga ortilgani aks etgan suratlarni o‘z ichiga olgan videoni taqdim etdi. russianplanes.net sayti ma'lumotlariga ko‘ra, bu raqam "Rossiya" yozgi otryadi foydalanuvchi Il-96 samolyotiga tegishli, u davlatning birinchi darajali shaxslariga xizmat ko‘rsatadi. 

Prezident ishlari boshqarmasida ularning samolyoti voqeaga hech qanday aloqasi yo‘qligi, jurnalistlar ishonchsiz ma'lumotlardan xulosa chiqarishgani aytildi. 

Tez orada russianplanes.net to‘liq o‘chirib qo‘yildi. Sayt egasi uni shunchaki bilmay o‘chirib yuborgani, bunda hech kimni ayblamoqchi emasligini aytgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid