Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganlik tadbirkor shahar bo‘ylab kitob to‘la javonlar o‘rnatishga kirishdi
Namanganda ko‘rgan ko‘zga dastlab biroz erish tuyilishi mumkin bo‘lgan, biroq mohiyatini anglagach, insonning bahri dili ochilib ketadigan ajoyib voqelikka guvoh bo‘ldik: Shaharning to‘rtta nuqtasida ichi kitob bilan to‘ldirilgan “Kitob javonlari” (Xalq kutubxonalari) o‘rnatildi. Bu ijtimoiy loyihalari bilan O‘zbekistonga keng tanilgan taniqli tadbirkor, shahar Kengashi deputati Ma'rufjon Mo‘minovning Namangan kitobsevarlari bilan birlikdagi yangi loyihasidir.
- Bu loyihamizning tamalida 2017 yilgi shahar kengashi deputatligiga saylovoldi kampaniyasi jarayonida saylovchilarga bergan va'damiz turibdi, - deydi Ma'rufjon Mo‘minov. – O‘shanda saylov uchastkasi hududida bunday kitob javonlari o‘rnatishni reja qilgandik. Biroq keyinchalik, loyihani kengaytirib, butun shahar bo‘ylab jami 500 ta “Kitob javoni” o‘rnatishga qaror qildik. Chunki bu ishning ijtimoiy ahamiyatini yaxshi anglab yetgan ko‘plab hamfikrlar ham topildi.


Bunday “Kitob javonlari”dan dastavval bizning joylashtirgan 70-80 tadan kitob joy oladi. Har bir kitob ixlosmandi, istagan kitobini olib ketib o‘qishi, keyin qaytarib keltirishi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga o‘z imkoniyatiga qarab, bu javonga kitoblar qo‘shishi ham mumkin. Bu javonlardan foydalanuvchilar, “Bir kitob oling, bir kitob qo‘ying!” shiorimizga amal qilsalar, mavjud adabiyotlar doimo o‘zgarib boradi, har kim o‘qib bo‘lgan kitobidan boshqalar bahra olishiga, bu orqali esa ziyo tarqalishiga hissa qo‘shadi.



Mavzuga oid
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026
Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi
13:53 / 23.06.2026