Jahon | 16:55 / 27.02.2018
8164
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berildi

Foto: Pakistan Today

Saudiya Arabistonida ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berildi, deb yozmoqda Pakistan Today.

Ta'kidlanishicha, Ar-Riyod, Madina, Makka va Al-Qosimda ayollar bo‘sh bo‘lgan joylarga ariza bilan murojaat qilishlari hamda mamlakat qurolli kuchlarida xavfsizlikni ta'minlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishga joylashishlari mumkin.

Buning uchun ma'lum bir mezonlarga to‘g‘ri kelish lozim, jumladan maktabni tugatganlik haqida guvohnomaga ega bo‘lish. Yoshi 25 dan 35 gacha bo‘lgan ayollargina faqat ariza berishi mumkin. Bundan tashqari, ular va ularga biriktirilgan erkaklar ishlashni xohlaydigan joyda istiqomat qilishlari talab etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid