Jahon | 15:50 / 28.02.2018
9269
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq Rossiyadan S-400 xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Foto: TASS

Iroq tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Jaafariyning tasdiqlashicha, mamlakat rahbariyati Rossiya tomoni bilan S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilgan.

«Biz Iroq va mamlakat qurolli kuchlari xavfsizligini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan istalgan qurolni xarid qilishni xohlaymiz. Shu bilan birga, biz mintaqaviy va xalqaro majburiyatlarni hurmat qilamiz. S-400 yo‘lida qator to‘siqlar bor. Iroq tomoni muzokaralar olib borishni hozircha davom ettiradi, yakuniy qaror qabul qilinganida, u ko‘rib chiqiladi. Biz avval shunday deganmiz, uyalmaymiz va ochig‘ini aytamiz: Iroq shunday qaror qabul qildi», - deya aytib o‘tdi al-Jaafariy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bitim yo‘lidagi to‘siq Amerika hukumati tomonidan qo‘yilgan «veto» sanaladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid