Jahon | 18:20 / 28.02.2018
13864
1 daqiqa o‘qiladi

OAV Poroshenkoning Rossiyadagi biznesi haqida ma'lumot berdi

Foto: RIA "Novosti"

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyada nafaqat Lipetskdagi Roshen qandolat fabrikasi, balki boshqa korxonalarga ham egalik qilgan. Bu haqda Ukrainaning «1+1» telekanali surishtiruvida aytiladi.

Ukrainaning «Vesti» nashri xabariga ko‘ra, Poroshenko Lipetsk oblastida kraxmal ishlab chiqarish, shuningdek, g‘alla yetishtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonaga egalik qilgan. Ta'kidlanishicha, 2015 yilda biznes Ukraina prezidentiga 700 ming dollar miqdorida daromad keltirgan.

Surishtiruvda aytilishicha, korxonalar sotilmagan, biznes bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik shaxslar esa hamon faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ukraina prezidenti ma'muriyatidan ma'lum qilishlaricha, Poroshenko Rossiyada biznes bilan shug‘ullanmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid