Jamiyat | 10:58 / 28.02.2018
15632
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkor mushti

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Angor tumanida 15 yanvar soat 21.30 larda O‘zbekiston MFY Oybek ko‘chasida yashovchi, xususiy tadbirkor, 1992 yilda tug‘ilgan A.B. Navbahor mahallasida joylashgan “Angor oqshomi” restorani oldida o‘zaro janjal oqibatida Guliston mahallasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan J.Sh.ning yuziga qo‘li bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada J.Sh. kasalxonaga yotqizilgan. A.B. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid