Sport | 12:42 / 28.02.2018
38805
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 eng g‘alati stadioni ishga tushirildi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida JCh-2018 o‘yinlarini qabul qiluvchi «Yekaterinburg Arena» stadioni ishga tushirildi, deb xabar beradi TASS.

Ayni paytda inshootda test o‘yinlarini o‘tkazish uchun tayyorgarlik boshlangan. Ulardan dastlabkisi 1 aprelga mo‘ljallangan.

«Yekaterinburg Arena» dizayni qurilish jarayonida bir necha marta o‘zgartirildi. Yakuniy ko‘rinish esa o‘zining g‘alatiligi bilan ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv ko‘targan edi. Gap shundaki, stadionning ikkita tribunasi uning tashqarisida barpo etilgan va tom bilan yopilmagan.

Foto: TACC
Foto: TACC
Foto: TACC

JCh-2018 o‘yinlari 14 iyundan 15 iyulgacha Rossiyaning 11 shahridagi 12ta stadionda o‘tkaziladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid