O‘zbekiston | 12:00 / 01.03.2018
6164
3 daqiqa o‘qiladi

Asaka tumanida dafn etish joylarini ta'mirlashga yetarli darajada mablag‘ ajratildi

Foto: AP Photo

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabr kungi PQ-3454 sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori xamda Asaka tuman hokimining 2018 yil 4 yanvar kungi “Asaka tuman mahalliy byudjyetining 2018 yil uchun belgilangan asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida”gi 5-Q sonli qaroriga asosan tuman mahalliy byudjyetining mablag‘lari hisobidan obodonlashtirish sohasi uchun jami 4,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun 2,9 mlrd so‘m, yagona ijtimoiy to‘lovlar uchun 712 mln so‘m hamda boshqa xarajatlar uchun 1.1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Asaka tumani hududida jami 97ta dafn etish joylari mavjud bo‘lib, hozirgi kunda ushbu dafn etish joylaridan 35tasi ta'mirdan chiqarilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 4 aprel kungi 101-sonli “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tumandagi dafn etish joylarini ta'mirlash va obodonlashtirish ishlariga byudjyetdan mablag‘lar ajratildi. Xususan, o‘tgan 2017 yil davomida tumandagi 5ta dafn etish joylariga byudjyetdan 297 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda byudjyet mablag‘lari xisobidan tumandagi 12ta dafn etish joylarini ta'mirlash va obodonlashtirish xarajatlari uchun 357 mln so‘m mablag‘ ajratildi.  Jumladan,

Dafn etish joylarini obodonlashtirish va ta'mirlash ishlariga homiylik mablag‘lari ham jalb etilib, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ko‘magi bilan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, 2017 yil davomida 11ta ichki ko‘chalarda ta'mirlash ishlari amalga oshrilgan bo‘lsa, 2018 yilda 658.7 mln so‘m mablag‘ hisobiga 8.5 km uzunlikdagi 12ta ko‘chada ta'mirlash ishlari amalga oshrilishi rejalashtirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid