Jahon | 09:01 / 02.03.2018
5417
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Venesuelada ish haqini 2 dollargacha oshirishni va'da qildi

Foto: David Mercado/Reuters

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatdagi minimal oylik ish haqini 58 foizga oshirishga va'da berdi, shundan so‘ng u 2 dollarlik ko‘rsatkichga yetadi, deb xabar qilmoqda El Nacional.

Maduroning ta'kidlashicha, 1 martdan minimal oylik ish haqi 248 mingdan 392,5 ming bolivarga ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela sobiq bosh prokurori Interpolni Maduroni qidiruvga berishga chaqirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid