Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tasavvuf allomalari” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi fondida saqlanayotgan tarixchi-manbashunos olim Komilxon Kattayevning “Tasavvuf allomalari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur “Tasavvuf allomalari” kitobi haqida gapirar ekan, muallif ushbu kitobni yozishda juda ko‘p mehnat qilgani, soha mutaxassislari va tarixiy manbalarga murojaat etganini bildirdi. Imom Termiziy xalqaro ilmiy- tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning qabrlarini topishda Komilxon Kattayev juda katta hissa qo‘shganini ma'lum qildi. Jumladan, Imom Moturidiy va Burhoniddin Marg‘inoniy kabi ko‘plab allomalarning qabrlarini topishda ishtirok etganini aytib o‘tdi.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutining katta ilmiy xodimi Sayfiddin Sayfulloh tarixchi-manbashunos olim Komilxon Kattayevning “Tasavvuf allomalari” kitobida ulug‘ avliyolar va orif zotlarning hayoti va ijodi qalamga olingani, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida ma'naviy merosimizga yangicha yondashish tufayli tasavvuf allomalariga bo‘lgan e'tibor katta bo‘layotganini bildirdi. Endilikda ularning ilmiy-ma'rifiy meroslarini o‘rganish, hayotga tatbiq etish ulkan ijobiy natijalarni berishini alohida ta'kidladi.
Mavzuga oid
18:07 / 07.03.2026
Andijonlik qiz kelinlik uyiga 800 ta kitobdan iborat sep bilan bordi
18:46 / 03.03.2026
Xayrulla Asadov jarimaga tortilib, yuzta kitobi musodara qilindi
16:53 / 20.02.2026
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov “Erkin millat poydevori” nomli kitobini taqdim etdi
14:09 / 16.01.2026