O‘zbekiston | 21:41 / 02.03.2018
13318
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Kontseptsiyasi” joriy etildi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta'lim-tarbiyaviy ishlarga O‘zbekiston fuqarolarini, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish maqsadida joriy yilning 23 fevral kunidagi 140-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi kuchga kiritildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan yaratilgan mazkur Kontseptsiya mamlakatda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy prinsiplari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan sharoitda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog‘liq dolzarb vazifalar va ularni hal etish yo‘llari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, oila, mahalla, ta'lim-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, o‘zaro hamkorligini milliy va xalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi. 

Shu haqda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari” mavzusidagi matbuot anjumanida mutaxassislar tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlariga ma'lumot berildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, matbuot anjumanida, harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarini, Qurolli Kuchlar xizmatchilarini, aholini, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yoshlarni sahna asarlaridan bahramand etish orqali ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash, yoshlarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar, mustaqillik g‘oyalari, Vatanimiz tarixi, uning mustaqilligi yo‘lida jon fido etgan hamyurtlarimiz jasoratini madh etuvchi sahnalashtirilgan spektakllarni namoyish etish maqsadida Mudofaa vazirligi Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi “Turon” teatr-studiyasi tashkil etilgani haqida aytib o‘tildi.

Mavzuga oid