Içki işlar vazirining "Içki işlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qiliş – oliy burçimiz” şiori ostida “Vatanparvarlik oyligi”ni ötkaziş töğrisida"gi farmoyişi qabul qilindi.
Içki işlar organlari tizimida joriy yil 1 avgust kunidan 1 sentabr kuniga qadar “Vatanparvarlik oyligi” deb belgilandi.
Vazirlik Ma’naviy-ma’rifiy işlar xizmati “Vatanparvarlik oyligi” doirasidagi tadbirlarni muvofiqlaştiriş, monitoringini olib boriş hamda nazorat qiliş uçun mas’ul etib belgilandi.
“Vatanparvarlik oyligi”ni taşkil etiş va ötkaziş, turli tanlovlar ğoliblarini taqdirlaş va şu kabi tadbirlar bilan boğliq sarf-xarajatlar vazirlik budjet va budjetdan taşqari mablağlari hamda qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan ajratiladi.

















