Milliy gvardiya xabariga köra, öquvçi yoşlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga qaratilgan çora tadbirlar doirasida Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy örta ta’lim maktablarida “Yoş gvardiyaçilar” ixtisoslaştirilgan sinflari faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qöşma qarori tayyorlandi.
Şu kunga qadar Milliy gvardiya tasarrufida Respublika böylab har bir viloyatda 4 tadan maktablarda jami 56 ta maktablarda 265 ta “Yoş gvardiyaçilar” sinflari mavjud bölgan. Endilikda qarorga asosan har-bir maktabda bittadan “Yoş gvardiyaçilar” vatanparvarlik sinflari taşkil etiladi.
Bu ikki bosqiçda amalga oşiriladi. Birinçi bosqiçda — 2024-2025-öquv yilida 2 530 ta, ikkinçi bosqiçda — 2025-2026-öquv yilida 2 536 ta maktabda harbiy vatanparvarlik sinflari öz faoliyatini boşlaydi.

















