Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning kuyovi kompaniyasi Qatardan sarmoyalar so‘ragan
AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner oilasiga qarashli rieltorlik kompaniyasi Qatar Moliya vazirligiga 2017 yilda sarmoyalar so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda The Intercept nashri manbalarga asosan xabar bermoqda.
Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, Jared Kushnerning otasi, Kushner Companies kompaniyasi boshqaruvchisi Charlz Qatar moliya vaziri Ali Sharif al-Imodiy bilan 2017 yil aprelida uchrashgan. Bu Qatarning iqtisodiy blokadasi boshlanishidan bir necha hafta avval ro‘y bergan. Xabar berilishicha, uchrashuvda Charlz Kushner al-Imodiyga Nyu-Yorkdagi Beshinchi avenyu, 666 manzili bo‘yicha joylashgan qurilishga sarmoya yo‘naltirish taklifi bilan chiqqan.
Manbalarning qayd etishicha, uchrashuv taxminan yarim soat davom etgan va unda har ikki tomondan maslahatchi qatnashgan.
Nashrdan ta'kidlanishicha, Charlz Kushner avval ham qatarlik manbalardan sarmoyalar olgan, biroq bundan oldin u Qatar moliya vaziri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borgani haqida xabarlar paydo bo‘lmagan.
Kushner Companies vakilining ma'lum qilishicha, kompaniya ayni damda «qandaydir xorijiy fondlar bilan biznesga ega emas».
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026