O‘zbekiston | 14:27 / 05.03.2018
33518
9 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Chirchiqdagi yangi Makro do‘koni sizni nima bilan hayratlantiradi?

8 yil davomida Makro supermarketlari tarmog‘i ko‘p oilalar uchun haqiqiy yaxshi yordamchi - qo‘shniga aylandi, qaysiki, har qanday kundalik vaziyatda to‘kin va mazali dasturxonni to‘ldirishga yordam beradi hamda hordiq chiqarish uchun ajoyib joy bo‘lib qolgan. Har doim saxiy Makro muhim voqea munosabati bilan, albatta, barchani bayramga taklif qiladi. Mana, 2 mart kuni ham respublikada Makro oilasining 51-do‘koni Chirchiq aholisini shahardagi ikkinchi do‘konining ochilishiga taklif etdi.

Foto: Makro

Makro Chirchiq 2.0. Qayta tiklash

Ko‘ngilochar zamonaviy binosi Po‘lat Yusupov ko‘chasi bo‘ylab, Markaziy bozor yaqinida joylashgan. Yo‘l bo‘ylab joylashgan Makro belgili flagshtoklar bo‘yicha, yangi do‘konga yo‘l oson topiladi. Do‘kon yonida kichik, ammo juda qulay avtomobil turar joyi, xaridorlarning xotirjam xarid qilishlarini ta'minlash uchun ajratilgan.

Foto: Makro

Chirchiqdagi yangi filialni, hozirda mashhur bo‘lgan «innovatsion» so‘zi bilan atash mumkin va bu nafaqat tashqi va ichki holatini, balki kompaniyaning yangi ishlash prinsiplariga mos keladi. Chirchiqdagi Makro supermarketi xaridorlarini ko‘p syurprizlar kutmoqda. Misol uchun, endi siz do‘konda o‘z telefoningizni quvvatini bepul to‘ldirib olishingiz mumkin. Yangi gullar bo‘limida 8 mart yoki boshqa bir bayram uchun ajoyib guldastasini yig‘ishingiz mumkin.

Foto: Makro

Bu va boshqa innovatsiyalarni savdo tarmog‘ining operatsion direktori, Stefan Kapreno «ochdi».

Nima bilan va qanday kutib olishadi?

Do‘konga kirishda ba'zi asosiy mahsulotlarning grafik ko‘rinishi keltirilgan. Bu qisqa yo‘l ko‘rsatgich, yangi xaridorlar uchun qo‘l keladi.

Foto: Makro

Do‘konga kirishda to‘kin-sochinlik, qulaylik, keng joy, tartib va muzeylarda kabi «teginilmaganlik» kayfiyati yo‘qligi ko‘ngilni ko‘taradi.

Do‘kondagi qulaylik, to‘g‘ri yoritish, tanlangan ranglar palitrasi va erkin harakatlanish mumkinligi evaziga ta'minlangan. Birinchi bo‘lib shu yerda, dunyoda eng mashhur yangi texnologiya, chiziqli yoritish qo‘llandi.

Dizayn va bezash-joylashtirish bo‘yicha yangi kontsept kiritildi - dur-kul rang ship, katta derazalar hisobidan ko‘p quyosh nuri, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘limini oyna ustunlari bilan qilinishi ishlatildi.

Foto: Makro

Har bir mahsulot bo‘limining yuqorisida siz mahsulot nomi bilan, navigatsion ko‘rsatmalar o‘rnatilganligini ko‘rasiz. Endi hech bir keksa savdo qatorlarida yo‘qolib qolmaydi.

Makro ish boshqaruvchilari xaridorlarga arava yoki kolyaska bilan harakatlanishda xalaqit bergan reklama stendlaridan hududni ozodligini kichik yutuq, deb hisoblashadi. Endilikda, faqatgina o‘tayotgan aksiyalar haqida xaridorlarga xabar beradigan savatlar do‘kon bo‘ylab joylashadi. Chiqishdagi 5 kassa , kuniga ertalab 8 dan kechki 22 gacha 3-4 mingga yaqin chirchiqlik va shahar mehmonlariga xizmat ko‘rsata oladi.

Sharq bozori shukuhi

Sharq istiqomatchisi uchun zamonaviy do‘konga kirishda nima yetishmaydi? Shubhasiz, sharqona bozor kayfiyati. Milliylik an'anasining bir qismiga yaqinlashish kompaniya rahbariyatining maqsadlaridan biri edi.

Foto: Makro

Operatsion direktor Stefan Kapreno shuni aytib o‘tdiki «Xaridorlar Makro’ga kirib o‘zini qulay his etishlari uchun bozorning ayrim jihatlarini kiritish biz uchun muhim edi. O‘sha Sharq bozoridagi yorqinlik va turlilikni saqlagan holda qulaylikni, xizmat ko‘rsatishni kiritish. Endi donli mahsulotlar meva sabzavotlar bilan bir bo‘limda turadi. Guruch, grechka, makaron, pista, quritilgan mevalar, konfetalar - keling va tanlang! Biz xaridorlarga chegaralar o‘rnatmoqchimasmiz, xohlasangiz 200 gramm mahsulot sotib oling. Qancha kilo yoki 900 gramm sotib olasiz, biz endi buni belgilamaymiz. Har kim qancha xohlasa shuncha sotib oladi».

Yangi narx-navo qo‘yish

Do‘kondagi yana bir yangilik, endi mahsulotlar nomlanishiga qarab emas, balki narxga qarab kichigidan kattasiga qarab teriladi. Mahsulot tanlashdagi qarashlari bilan tovarni xaridorning o‘zi belgilaydi: qadoq, narx, sifat yoki savdo belgisiga sodiqligi.

Foto: Makro

Savdo natijalariga asosan, menejyerlar eng sotiladigan mahsulotlarni aniqlashadi va «eng»lari savdo maydonchalarida namoyish etiladi. Tovarlarni joylashishidagi o‘zgarishni, ayniqsa, sharbat, suv va ichimliklar ishlab chiqarish kompaniyalari o‘rtasidagi o‘zgarishni ko‘rishingiz mumkin.

Foto: Makro

Do‘konga kirishda, stellajlarning oldi qismiga e'tiboringizni qarating, u yerda xaridorlar eng yaxshi takliflarni eng yaxshi narxda topishlari mumkin. Butun dunyoda xaridorlarga kuchini va vaqtini tejashga yordam beradigan yangilikdir.

Odatiy yo‘lak bo‘yicha: go‘sht mahsulotlari - sut mahsulotlari - non.

Go‘sht bo‘limidan, go‘sht mahsulotlaridan pishloq, undan sut, undan esa qandolat mahsulotlari, polfabrikatlar va pishiriqlar savdo bo‘limlariga o‘tilishining odatiy joylashuvi bu do‘konda ham saqlanib qolgan. Har bir bo‘lim o‘zining rang yechimiga ega.

Go‘sht mahsulotlari bo‘limida keskin o‘zgarishlar bo‘lmasada, Makro tarmog‘i rahbariyati aytib o‘tganidek, davlatimiz tomonidan kiritilgan mahsulotlarni «Halol» va «Kosher» standartlash va sertifikatsiyalashni kiritadi va qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirda ushbu mahsulotlarni yetkazib beruvchilarning o‘zlari ham standartga javob bera oladigan mahsulotni taklif qilishga tayyor emaslar.

Foto: Makro

An'anaga ko‘ra, barcha Makro filiallarida katta e'tibor sut bo‘limiga qaratilgan va ushbu do‘kon ham bundan mustasno emas. Savdo tarmog‘ida sut mahsulotlarining keng tanlovi keltirilgan. Quvonarlisi shundaki, nafaqat Toshkent mahsulotlarini balki viloyatlar ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini ham topishingiz mumkin.

Juda ko‘p mahsulot Andijon viloyatidan keltiriladi: tvorog, sut, qatiq, qaymoq.

Foto: Makro

«Bizning kompaniya uchun mahalliy ishlab chiqaruvchini qo‘llab-quvvatlash juda muhim, deydi Makro tarmog‘ining boshqaruvchisi Roman Sayfulin, albatta, do‘konlarda import qismi ham bo‘ladi, biroq asosiy e'tibor mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qaratiladi. 80 foizdan ziyod mahsulot faqatgina mahalliy ishlab chiqaruvchilardan bo‘ladi. »

Go‘sht va go‘sht mahsulotlarimiz faqatgina mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tegishli.

Foto: Makro

Makro’ning eng ajralib turgan, har bir do‘konida mehr bilan pishiriladigan nonlaridir. Bu yil uchun asosiy maqsadlaridan biri barcha tarmoqlarda an'anaviy nonni tayyorlash. Chirchiqliklar allaqachon yangi Makro do‘konidan nonushtaga hozirgina yopilgan issiq nondan totlanishlari mumkin.

Ketish ham qulaylik bilan

O‘zgarishlarning oxirgi shtrixi, do‘kon hududida toza va qulay burchakning paydo bo‘lishi, qayerda siz og‘ir ish kunidan keyin nafasni rostlab, xaridlar davom ettirish, yomg‘irli havoni o‘tishini kutishingiz, do‘kondan olgan pishiriq bilan tez ovqatlanib olishingiz, yig‘layotgan farzandingizni ovutish, qariyalarga dam olib olish yoki do‘stlar bilan birga xaridlar qilish uchun uchrashuv belgilashingiz mumkin.

Foto: Makro

Faqatgina kompaniyasining falsafasi Makro - oila uchun do‘kon, o‘zgarishsiz qoladi”

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid