Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mun Chje Inning maxsus vakili Kim Chen In bilan uchrashdi
Foto: Yonhap
Koreya respublikasi prezidenti Mun Chje Inning maxsus vakili ham bo‘lgan Janubiy Koreya delegatsiyasi KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan rasmiy tushlik qildi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati xabar qilmoqda.
"Rais Kim Chen In ayni vaqtda maxsus vakillar uchun kechki ovqatni uyushtirmoqda", - deyiladi prezident ma'muriyati matbuot kotibi Kim Iy Gyom.
Ta'kidlash joizki, bu KXDR yetakchisining Janubiy Koreya rasmiylari bilan ilk uchrashuvidir. Janubiy Koreya tomoni Kim Chen Inning delegatsiya bilan uchrashuvini o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga tayyorlik belgisi sifatida qabul qilmoqda. Prezident Mun Chje In va boshqa qator yuqori lavozimli mulozimlar AQSh va KXDR o‘rtasida muzokaralar bo‘lishi muhimligini ta'kidlashgan edi.
"Men nafaqat Janub va Shimol o‘rtasidagi, balki Shimol va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi muzokaralarning turli yo‘nalishlarini muhokama qilaman", - degan edi Koreya respublikasi prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Chon Iy Yon Pxenyanga tashrifidan avval.
10 kishidan iborat Janubiy Koreya delegatsiyasi 5 mart kuni Suyeldan Pxenyanga bordi. Chon Iy Yon rahbarligidagi delegatsiya tarkibiga Milliy razvedka xizmati direktori So Xun, birlashuv vaziri o‘rinbosari Chxon Xe Son va boshqa mulozimlar kirgan. Uular KXDRda 2 kun bo‘lishadi.
Mavzuga oid
13:42 / 16.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti besh yilga qamaldi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
11:34 / 29.12.2025