Jahon | 14:57 / 06.03.2018
21138
1 daqiqa o‘qiladi

Bollivud yulduzi «kamyob kasallikdan» aziyat chekmoqda

Foto: AP

Bollivud yulduzi Irfon Xon «kamyob kasallikdan» aziyat chekmoqda. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar qildi.

Aktyor ijtimoiy tarmoqlarda shu haqda ma'lum qilgan. Xon muxlislarini sog‘lig‘i borasida turli mish-mishlardan uzoqroq turishga chaqirdi hamda yakuniy tashxis qo‘yilganidan so‘ng bu boradagi ma'lumotni ochiqlashga va'da berdi.

51 yoshli artist Bollivudda suratga olingan «Piku», «Maqbul», «Ruh kuchi» filmlari orqali tanish. Shuningdek, u xalqaro loyihalarda ishtirok etgan, ular orasida - «Pi hayoti», «Xarobalardan chiqqan millioner» va «Yangi o‘rgimchak odam». Bundan tashqari, Xon mustaqil kinoda ham suratga tushadi.

Mavzuga oid