23 yoşli Arian Xon 2 oktabr kuni Mumbay şahridan Goa ştatiga ketayotgan kruiz laynerida hibsga olingan, deya yozadi BBC.
Giyohvand moddalar ustidan nazorat byurosi (NCB) qonunga muvofiq unga “taqiqlangan moddalarni saqlaş, iste'mol qiliş va ular bilan savdo qiliş” bilan boğliq ayblovlarini qöygan.
U öziga qöyilgan ayblovlarni rad etdi. Arian Xonning advokati sudga aktyorning öğlida heç qanday narkotik moddalar topilmagani va “u giyohvand moddalar iste'mol qilgani böyiça heç qanday isbot yöq” ekanini bildirgan.
Arian Xonning advokatlari giyohvand moddalar böyiça işni köruvçi maxsus sud oktabr oyida ikki marta garov sörovini rad etgaç, Mumbay Oliy sudiga murojaat qildi.
Oliy sud işni ikki kundan köproq vaqt davomida körib çiqdi. Har ikkala tomon ham öz dalillarini keltirdi.
Avvalroq bölib ötgan sud majlisida ayblov yoşlar orasida giyohvand moddalarni iste'mol qiliş masalasiga jiddiy yondaşiş kerakligini ta'kidlagan. Şuningdek, u Arian Xonga mazkur iş böyiça 17 nafar ayblanuvçidan farqli munosabatda böliş mumkin emasligini va garov evaziga qöyib yubormaslikni ta'kidlagan.
2 oktabr kuni Giyohvand moddalar ustidan nazorat byurosi xodimlari kruiz kemasiga reyd uyuştirdi. Ular bortda giyohvand moddalar borligi haqida xabar olganini aytişgan. Arian Xon kemaga çiqişdan oldin tintuv va söroq qilindi.
Ertasi kuni u hibsga olindi. Dastlab u byuro ofisida hibsda saqlangan, keyinroq qamoqxonaga ötkazilgan.
Asosiy guvohning ta'kidlaşiça, u iş böyiça Giyohvand moddalar ustidan nazorat byurosi ofisida “böş qoğozlarga imzo qöyişga” majbur qilingan. Ayblovni ilgari surgan Prabxakar Seyl sud oldida bergan körsatmasida u Kiran Gosavining tansoqçisi ekanini aytgan.
Parus reyd vaqtida kemada bölgan va hibsga olinganidan söng Arian Xon bilan tuşgan selfisi aniqlangan.
Mazkur iş OAVda keng yoritildi. Şohruxxon bu borada rasmiy munosabat bildirmagan bölsa-da, Bollivuddagi ayrim şaxslar Arian Xonni himoya qilişdi. Ekspertlar aktyor öğlining hibsga olinişiga “OAV tomonidan ortiqça e'tibor berilişi”ni ham tanqid ostiga olişdi.
Sönggi yillarda Bollivudning bir neça yulduzlari giyohvand moddalar biznesi bilan şuğullangani aniqlangan.







