Tramp Bollivud filmi asosida işlangan va boş qahramon rolida özi aks etgan rolikni tvitterda 23 fevralda joylaştirgan.
AQŞ prezidenti videoda “Baxubali: afsonaning paydo bölişi” hind filmi boş qahramoni qiyofasida namoyon bölgan.
@Solmemes1 taxallusli foydalanuvçi tomonidan işlangan rolik syujyetiga köra respublikaçi Tramp Demokratik partiyadan raqibini mağlub etib, olqişlarga sazovor böladi.
Videoda qahramonlar qiyofasida, şuningdek, Trampning rafiqasi Melaniyani, qizi Ivankani turmuş örtoği Jared Kuşner bilan hamda Hindiston boş vaziri Narendra Modini rafiqasi bilan birga köriş mumkin.
Look so forward to being with my great friends in INDIA! https://t.co/1jdk3AW6fG
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) February 22, 2020
Videoga izohda u Trampning 24-25 fevral kunlari Hindistonga amalga oşiradigan safariga bağişlangani aytilgan.
Tramp Twitter ijtimoiy tarmoğining faol foydalanuvçisi hisoblanadi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali AQŞ va dunyoda yuz berayotgan siyosiy hamda ijtimoiy voqealarga öz munosabatini bildirib keladi.








