Bollivud yulduzi, 34 yoşli aktyor Suşant Singx Rajput Mumbaydagi uyida jonsiz holda topildi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Politsiyada taxmin qilinişiça, aktyor öz joniga qasd qilgan bölişi mumkin. Ta'kidlanişiça, bir hafta avval aktyorning sobiq menejyeri ham vafot etgan.   

Bu orada aktyorning politsiya bilan suhbatlaşgan yaqinlari va döstlari Rajput tuşkun holatdaligi yoki soğliği yoxud moliyaviy tomondan muammolari borligidan şikoyat qilmagan.

Aktyor “Hayotimdagi uç xato” (Kai Po Che! 2013) filmidan keyin maşhurlikka erişgaç, uni taniqli rejissyorlar öz filmlariga taklif qila boşlaşgan. Rajput, şuningdek, seriallarda ham rollar ijro etgan. Umumiy hisobda aktyor 20dan köproq filmda, jumladan “Pikey” (PK, 2014), “M.S.Dxoni: aytilmagan voqea» (M.S.Dhoni: The Untold Story, 2016), “Drayv” (Drive, 2019) kabi filmlarda suratga tuşgan. Uning iştirokidagi yangi film may oyida ekranlarga çiqişi kerak bölgan, biroq pandemiya sababli qoldirilgan.

Aktyorning hamkasblari va muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda öz ta'ziyalarini bildirişgan. Jumladan, Hindiston boş vaziri Narendra Modi ham tvitterda aktyor vafoti bilan boğliq izoh qoldirgan. Uning fikriça, Rajput öz yöli bilan köpçilikni ilhomlantirib, kino tarixida öziga xos öçmas iz qoldirdi.

“Yoş aktyor juda erta hayotdan ketdi. U televideniye va filmlarda muvaffaqiyat qozongandi. Uning köngiloçar sohada porlaşi köpçilikni ilhomlantirdi. Men uning ölimidan karaxtga tuşdim. Mening öylarim uning oilasi va muxlislari bilan birga”, deb yozgan Modi.  

Ta'kidlanişiça, aktyor ijtimoiy tarmoqlardagi oxirgi postini öz onasiga bağişlagan.