O‘zbekiston | 15:46 / 06.03.2018
9617
1 daqiqa o‘qiladi

Jinoiy ishlar elektron shaklga o‘tkaziladi

Foto: Depositphotos

Jinoiy ishlar elektron shaklga o‘tkaziladi. Bu prezident farmoni bilan tasdiqlangan, 2018 yilgi Davlat dasturida nazarda tutilgan.

10 dekabrga qadar prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi, u bilan «elektron jinoiy ish»ni bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi, bu jarayonda jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan tortib, to sud hukmi ijro etilishigacha qamrab olinadi.

Bu jinoyat ishlarni ko‘rib chiqish tezkorligi va samaradorligini oshirishi, protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish osonlashtirishi kutilmoqda.

Loyiha ijrochilar va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Ijrochilar etib Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilandi, deb yozmoqda Spot.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid