Inson resurslarini rivojlantiriş yönalişidagi byurokratik tösiqlarga çek qöyiş hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar va inson omilini qisqartiriş maqsadida hrm.argos.uz avtomatlaştirilgan elektron dasturi işlab çiqildi. Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi direktorining birinçi örinbosari Otabek Hasanov ma’lum qildi.
Ta’kidlanişiça, platforma Davlat fuqarolik xizmatçilari vakant lavozimlarining yagona oçiq portali — vacancy.argos.uz hamda Yagona milliy mehnat tizimi — my.mehnat.uz elektron dasturlari bilan integrallaşgan. Xodimlar va mehnatga doir ma’lumotlar avtomatik tarzda uşbu dasturda şakllanadi.
Mazkur avtomatlaştirilgan tizim 2023 yil 1 yanvardan davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barça davlat organlari va taşkilotlarida joriy etilişi közda tutilgan.
Buning natijasida davlat organlari va taşkilotlarining inson resurslarini rivojlantiriş bölinmalari byurokratiya va ortiqça qoğozbozlikdan xoli bölgan quyidagi qulayliklarga ega böladi:
– vakant lavozimlarni e’lon qilişdan tortib, işga qabul qiliş natijalari böyiça hujjatlarni rasmiylaştirişgaça bölgan jarayonlar töliq elektron tarzda amalga oşiriladi;
– tarkibiy tuzilma, ştatlar, lavozimlar va xodimlar töğrisidagi ma’lumotlar yagona elektron bazaga jamlagan holda axborot töplanadi va unga işlov beriladi;
– xodimlar davomati va iş vaqti hisobi tabeli, şuningdek, xizmat safari, mehnat ta’tili, mehnatga layoqatsizlik davri elektron şaklda qayd etib boriladi;
– kadrlarga oid iş yurituv hujjatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda faqat tizim orqali elektron şaklda qabul qilinadi va yuritiladi;
– xodimlarning iş faoliyati samaradorligini avtomatik baholaş va ularni masofaviy malakasini oşirişga erişiladi;
– kadrlar böyiça ma’lumotlarning elektron arxivi yuritiladi.












