Mazkur qaror loyihasiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va oliy ta’lim muassasalariga magistraturaga kirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.
Unga ko‘ra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi orqali oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va oliy ta’lim muassasalariga magistraturaga kirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish tartibi belgilanmoqda.
Shuningdek, qaror loyihasi bilan Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori amaldagi bir nechta bandlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
















