Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning sanksiya siyosati zaiflik belgisi - Putin
Foto: Gazeta.Ru/Artem Sizov
AQShning sanksiya siyosati kuch emas, balki zaiflik belgisi sanaladi. Bu haqda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Vladimir Solovyovning «Jahon tartibi 2018» filmi uchun intervyusida ma'lum qilgan.
«Hammani qandaydir ro‘yxatga kiritishdi, barchani dushman, deb e'lon qilishdi. Bu kuch emas, balki zaiflik belgisidir, bunda bitta poqildoq bilan barchani qo‘rqitishmoqchi, bunday bo‘lmaydi. Bu vaziyatdan yetarli darajada xabardorsizlikni anglatadi», - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari kiberqo‘mondonligi rahbari general-leytenant Pol Nakasone Moskva Vashingtondan «qo‘rqmayotgani», Rossiyaga qarshi sanksiyalar esa deyarli muvaffaqiyatsiz bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha joriy etilgan sanksiyalar Oq uy umid qilgan bosib turuvchi effektni bermagan.
Mavzuga oid
10:06
AQShdagi mavsumiy ishlar: fuqarolarga muhim ogohlantirish berildi
09:40
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
22:54 / 30.03.2026
Navoiyda onlayn qimorga yutqazgan yigit qarzdan chiqish uchun Rossiya armiyasiga yollanishga qaror qildi
22:35 / 30.03.2026