Moskva Vaşingtondan «qörqmayapti», Rossiyaga qarşi sanksiyalar esa deyarli muvaffaqiyatsiz böldi. AQŞ quruqlikdagi qöşinlari kiberqömondonligi rahbari general-leytenant Pol Nakasone şunday bayonot bilan çiqdi.
Uning sözlariga köra, barça joriy etilgan sanksiyalar Oq uy umid qilgan bosib turuvçi effektni bermagan. Şuningdek Nakasonening ma'lum qilişiça, Vaşington tomonidan Moskvaga bosim ötkaziş uçun körilgan barça çoralar mantiqsiz böldi.
Generalning ta'kidlaşiça, Rossiya kibermakonda AQŞning texnologik jihatdan eng rivojlangan raqibi hisoblanadi hamda «AQŞ prezidentligi saylovlariga hujumlar» böyiça uning rejalariga qarşilik körsata olinmadi.

















