Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbari lavozimidan ketdi
Farid Niyozov. Foto: Qirg‘iziston prezidenti axborot xizmati
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning apparati rahbari Farid Niyozov egallab turgan lavozimini o‘z xohishiga ko‘ra tark etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov Farid Abilezimovich Niyozovni taqdim etilgan arizasiga muvofiq, prezident apparati rahbari lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi», - deyiladi xabar matnida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda militsiyani politsiyaga o‘zgartirish taklif qilinayotgani xabar berilgandi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isoqov “Umumiy xavfsizlik va jinoyatchilikning oldini olish siyosati” milliy anjumanida ma'lum qildi. Uning aytishicha, militsiya va politsiya o‘rtasida farq katta.
Mavzuga oid
15:56 / 25.03.2026
Qirg‘izistonda yo‘lda janjallashganlardan haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi mumkin
19:21 / 21.03.2026
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
20:33 / 13.03.2026
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
09:53 / 11.03.2026