Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Retseptlarni qo‘lda yozishdan voz kechiladi
Bemorlar tibbiy yozuvlari va retseptlar elektron shaklga o‘tkaziladi. Bu prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2018 yilgi Davlat dasturida nazarda tutilgan.
Barcha birlamchi tibbiy hujjatlar, jumladan retseptlar, elektron shaklga o‘tkaziladi. Qo‘l bilan yozishdan butunlay voz kechish alohida ta'kidlangan.
Bundan tashqari, retsept tegishli dorixona ma'lumotlar bazasida joylashganligini ta'minlaydigan axborot tizimini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilgan.
30 martga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishi kerak.
Ijrochilar sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan.
Dasturda moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilmagan, deb yozmoqda Spot.
Mavzuga oid
08:59 / 20.05.2026
Qozondan bemor o‘zbekistonlik fuqaro vatanga olib kelindi
14:00 / 25.02.2026
Kunduzgi qarab turish xizmati: 1 martdan ayrim toifadagi bemorlar qamrab olinadi
13:30 / 12.11.2025
Toshkentda FVV qutqaruvchilari bemorni yuqori qavatdan tushirishda yordam berdi
11:05 / 10.11.2025