Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda jinoyatchilik bir yilda 15,7 foizga kamaydi
2017 yilda mamlakatimizda 73 ming 692 ta jinoyat ro‘yxatga olingan bo‘lib, 2016 yilga nisbatan 13 ming 720 taga yoki 15,7 foizga kamaygan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qutbiddin Burhonov Xalqaro Press klubning 7 mart kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida ma'lum qildi.
Foto: Xalqaro Press klub
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida respublikadagi mavjud 8 ming 973 mahallaning 1 ming 79 tasida umuman jinoyat sodir etilmadi. Burhonov jinoyatlar kamayishi borasida aniq raqamlarni ham keltirib o‘tdi. Jumladan:
- qotillik 147 ta, ya'ni 22 foizga
- og‘ir tan jarohati yetkazish, bir-birini urish, pichoqlash kabi jinoyatlar 108 taga
- nomusga tegish jinoyati 105 ta (21 foiz)
- bosqinchilik 106 ta
- talonchilik 221 ta (21 foiz)
- o‘g‘irlik va firibgarlik ko‘payib borayotganiga qaramay, o‘g‘irlik 900 taga, firibgarlik 591 ta (5,7 foiz)
- transport vositalarini olib qochish 6 foizdan ko‘proqqa kamayishiga erishildi.
Mavzuga oid
17:29 / 09.07.2026
Haydovchilar pasport yo guvohnoma ko‘tarib yurish majburiyatidan qachon xalos bo‘ladi?
14:18 / 08.07.2026
Toshkentda yirik kiberjinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026