14:30 / 07.03.2018
10418

Volkswagen rul va tepkilarsiz “kelajak” mashinasini taqdim qildi

“Dizel mojarosi” Volkswagen konserni rivojlanish yo‘nalishiga kuchli ta'sir qildi – nemislar elektrokar yaratishga kirishib ketdilar. Har bir yirik motorshouda VW kompaniyaning kelgusi modellari haqida tasavvur beruvchi elektr prototipni namoyish qilib kelmoqda. Bulardan birinchisi I.D. xetchbegi bo‘lgan. Keyin esa I.D. Buzz furgoni, I.D. Crozz krossoveri bo‘lgan, endi esa navbat I.D. Vizzion deb ataluvchi sedanga yetib keldi. Quyidagi bu mashina haqida ma'lumotlar berib o‘tamiz.

Volkswagen kompaniyasi I.D. Vizzion’ni Phaeton kabi premial sedan deb ataydi. Prototip haqiqatan katta chiqqan: uning uzunligi 5163 mmni, eni 1947 mmni, balandligi 1506 mmni tashkil qiladi. Kontsept-karning g‘ildiraklar bazasi 3100 mm. 

Foto: Volkswagen 

Mashina to‘liq elektr kuch qurilmasi bilan jihozlangan, u har bir o‘qda joylashgan ikkita dvigateldan iborat. Oldingi o‘qdagi dvigatelning quvvati 75 kVt, orqadaginiki 150 kVt ni, umumiy quvvat esa 225 kVtni tashkil qiladi, bu esa 306 ot kuchiga teng deganidir.

Foto: Volkswagen 

Motorlar polga o‘rnatilgan 111 kVt-soat sig‘imga ega litiy-ion akkumulyatorlar blokidan quvvatlanadi. Bu juda ko‘pdir: mashina bir quvvatlanishda 665 km yura oladi. Batareyalarni ham rozetkadan, ham induksion ravishda quvvatlash mumkin.

Mashina joyidan 100 km/soat tezlikka 6,3 soniyada erishadi, maksimal tezligi 180 km/soatni tashkil qiladi. Biroq bu ko‘rsatkichlar hech qanday ahamiyatga ega emas, chunki u to‘liq avtonomdir.

Foto: Volkswagen 

Kompaniyada ta'kidlanishicha,  I.D. Vizzion 5-darajali avtonomlikka ega. Bu esa sedanga harakatlanish uchun umuman odam kerak emasligini anglatadi. Umuman. Mana nima uchun mashina ichida tepki, rul yoki odatdagi boshqaruv organlarini uchratmaysiz.

Foto: Volkswagen 

I.D. Vizzion kameralar, ultratovushli datchiklar, radar va lazer skanerlardan olingan ma'lumotlar yordamida harakatlanadi. Bundan tashqari, prototip yo‘l infratuzilmasi obektlari va harakatning boshqa ishtirokchilari bilan ma'lumotlar almashina oladi. Va nihoyat, u yo‘ldagi vaziyat haqidagi ma'lumotlarni bulutli xizmatlar orqali bila oladi. 

Foto: Volkswagen 

I.D. Vizzion salonining old va orqa qismida faqat ikkita boshqaruv organi bor va ular favqulodda vaziyatda avtomobilni to‘xtatish uchun mo‘ljallangan. Mashinaning qolgan tizimlari ovoz yoki imo-ishora bilan boshqariladi.

Foto: Volkswagen 
Foto: Volkswagen 
Foto: Volkswagen 

I.D. Vizzion yo‘lovchilari salondagi kayfiyatni avvaldan o‘rnatilgan variantlar yordamida o‘zgartirishlari mumkin. Misol uchun, yorug‘lanishni o‘zgartirish yoki biror musiqani tanlash. Bundan tashqari, tizimda bolalar uchun ta'lim beruvchi tizim bor. U yoqilganda, misol uchun, sayyoralarning Quyosh tizimidagi joylashuvi va boshqa foydali ma'lumotlar ko‘rsatiladi.  

I.D. Vizzion to‘liq yorug‘lik-diodli optika, shaffoflik darajasi o‘zgaruvchi oynalar, charm o‘rindiqlar, tabiiy yog‘ochdan ishlangan bezaklar, qarama-qarshi tomonga ochiluvchi eshiklar bilan jihozlangan. Bunday mashinani ertagayoq kutish yaramaydi, biroq Volkswagen bu mashinasi bilan kelajakdagi avtomobillari qanday bo‘lishiga ishora qilib qo‘ydi.

Foto: Volkswagen 

 

Mavzuga oid
Top