“Dizel mojarosi” Volkswagen konserni rivojlaniş yönalişiga kuçli ta'sir qildi – nemislar elektrokar yaratişga kirişib ketdilar. Har bir yirik motorşouda VW kompaniyaning kelgusi modellari haqida tasavvur beruvçi elektr prototipni namoyiş qilib kelmoqda. Bulardan birinçisi I.D. xetçbegi bölgan. Keyin esa I.D. Buzz furgoni, I.D. Crozz krossoveri bölgan, endi esa navbat I.D. Vizzion deb ataluvçi sedanga yetib keldi. Quyidagi bu maşina haqida ma'lumotlar berib ötamiz.
Volkswagen kompaniyasi I.D. Vizzion’ni Phaeton kabi premial sedan deb ataydi. Prototip haqiqatan katta çiqqan: uning uzunligi 5163 mmni, eni 1947 mmni, balandligi 1506 mmni taşkil qiladi. Kontsept-karning ğildiraklar bazasi 3100 mm.

Maşina töliq elektr kuç qurilmasi bilan jihozlangan, u har bir öqda joylaşgan ikkita dvigateldan iborat. Oldingi öqdagi dvigatelning quvvati 75 kVt, orqadaginiki 150 kVt ni, umumiy quvvat esa 225 kVtni taşkil qiladi, bu esa 306 ot kuçiga teng deganidir.

Motorlar polga örnatilgan 111 kVt-soat siğimga ega litiy-ion akkumulyatorlar blokidan quvvatlanadi. Bu juda köpdir: maşina bir quvvatlanişda 665 km yura oladi. Batareyalarni ham rozetkadan, ham induksion ravişda quvvatlaş mumkin.

Maşina joyidan 100 km/soat tezlikka 6,3 soniyada erişadi, maksimal tezligi 180 km/soatni taşkil qiladi. Biroq bu körsatkiçlar heç qanday ahamiyatga ega emas, çunki u töliq avtonomdir.

Kompaniyada ta'kidlanişiça, I.D. Vizzion 5-darajali avtonomlikka ega. Bu esa sedanga harakatlaniş uçun umuman odam kerak emasligini anglatadi. Umuman. Mana nima uçun maşina içida tepki, rul yoki odatdagi boşqaruv organlarini uçratmaysiz.

I.D. Vizzion kameralar, ultratovuşli datçiklar, radar va lazer skanerlardan olingan ma'lumotlar yordamida harakatlanadi. Bundan taşqari, prototip yöl infratuzilmasi obektlari va harakatning boşqa iştirokçilari bilan ma'lumotlar almaşina oladi. Va nihoyat, u yöldagi vaziyat haqidagi ma'lumotlarni bulutli xizmatlar orqali bila oladi.

I.D. Vizzion salonining old va orqa qismida faqat ikkita boşqaruv organi bor va ular favqulodda vaziyatda avtomobilni töxtatiş uçun möljallangan. Maşinaning qolgan tizimlari ovoz yoki imo-işora bilan boşqariladi.



I.D. Vizzion yölovçilari salondagi kayfiyatni avvaldan örnatilgan variantlar yordamida özgartirişlari mumkin. Misol uçun, yoruğlanişni özgartiriş yoki biror musiqani tanlaş. Bundan taşqari, tizimda bolalar uçun ta'lim beruvçi tizim bor. U yoqilganda, misol uçun, sayyoralarning Quyoş tizimidagi joylaşuvi va boşqa foydali ma'lumotlar körsatiladi.
I.D. Vizzion töliq yoruğlik-diodli optika, şaffoflik darajasi özgaruvçi oynalar, çarm örindiqlar, tabiiy yoğoçdan işlangan bezaklar, qarama-qarşi tomonga oçiluvçi eşiklar bilan jihozlangan. Bunday maşinani ertagayoq kutiş yaramaydi, biroq Volkswagen bu maşinasi bilan kelajakdagi avtomobillari qanday bölişiga işora qilib qöydi.












