Amerikalik general Rossiya bo‘yicha ogohlantirdi
NATOning Yevropadagi kuchlari bosh qo‘mondoni, amerikalik general Kertis Skaparottining ma'lum qilishicha, Yevropadagi Amerika kontingenti 2025 yilga kelib Rossiya ustidan harbiy ustunlikni qo‘ldan boy berishi mumkin. Bu haqda u Defense One nashriga aytib o‘tgan.
«Rossiya armiyasi qanday tezlikda modernizatsiya qilinayotgani e'tiborga olinsa, biz ham o‘z qo‘shinlarimizni modernizatsiya qilishimiz lozim ekani tushunarli bo‘ladi. Bu biz hozir o‘zimizda bo‘lgan mintaqalarda yetakchi pozitsiyada turishimiz uchun kerak. Agarda buni uddalay olmasak, unda, o‘ylashimcha, ular 2025 yilga kelib barcha sohalarda bizning ustunligimizni yo‘qqa chiqarishi mumkin», - deya aytib o‘tdi Skaparotti.
Shuningdek, general Arktikadagi dengiz yo‘llarini nazorat qilishda Rossiya ma'lum bir muvaffaqiyatlarga erishganini ta'kidlab o‘tdi. Uning fikricha, Moskva kerak bo‘lgan taqdirda Shimoliy dengiz yo‘lini ikki-uch yilda o‘z nazorati ostiga olishi mumkin ekan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Markaziy Osiyo yetakchilariga bosim o‘tkazishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
01:28
NASA Yupiter tabiiy yo‘ldoshiga uchiriladigan missiyasini tayyorlamoqda
21:13 / 11.10.2024
NATOning yangi bosh kotibi ittifoqchilarni Putinning yadroviy tahdidlariga e’tibor qaratmaslikka chaqirdi
19:38 / 11.10.2024
Zelenskiy Yevropa poytaxtlarini aylandi. U ittifoqchilardan nima talab qildi? Va u nimaga erishishi mumkin?
10:10 / 11.10.2024