Jahon | 18:40 / 07.03.2018
47703
2 daqiqa o‘qiladi

«Rossiya Markaziy Osiyo yetakchilariga bosim o‘tkazadi»

Foto: AP

Rossiya Markaziy Osiyo yetakchilariga bosim o‘tkazadi, bu ular Vashington bilan muloqotni kamaytirishi hamda iqtisodiyot va xavfsizlik sohasida Rossiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi uchun qilinadi. Bu haqda AQSh Milliy razvedkasi direktori Deniyel Kouts mamlakat kongressiga yozma ko‘rsatmalarida ma'lum qildi. U Senatning mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi rasmiy saytida joylashtirilgan hamda butun dunyo bo‘ylab AQSh razvedka hamjamiyati oldida turgan chaqiriqlarga bag‘ishlangan.

«Rossiya Markaziy Osiyo yetakchilariga bosim o‘tkazadi, bu ular Vashington bilan muloqotni kamaytirishi hamda iqtisodiyot va xavfsizlik sohasida Rossiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi uchun qilinadi. Shu bilan birga, Afg‘onistonda IShID bo‘yicha xavotirlar Moskvani mintaqadagi xavfsizlik sohasida o‘z pozitsiyalarini kuchaytirishiga turtki beradi», - deyiladi matnda.

«Yomon davlat boshqaruvi hamda kuchsiz iqtisodiyotlar radikallashish xavfini oshiradi, ayniqsa Markaziy Osiyoning Rossiya va boshqa davlatlarga ishlash uchun borayotgan aholisi o‘rtasida. Bu ham Markaziy Osiyo, ham Rossiya, ham G‘arbga tahdiddir», - deya ta'kidlanadi hujjatda.

«Xitoy, katta ehtimol bilan, Markaziy Osiyodagi o‘z ta'sirini oshirib boradi – Rossiyaga xavfsizlik va siyosiy masalalarni qoldiradi – bu mintaqaviy beqarorlik Xitoyning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazishi hamda ekstremistlar uchun ijobiy muhit yaratishi mumkin. Bu, Pekinning fikricha, uyg‘ur jangarilariga Xitoyda hujumlarni amalga oshirish imkonini beradi», - deya qayd etadi Deniyel Kouts. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid