Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada “jon saqlash bunker”larini qurish rejalashtirilayotgani aytildi
O‘tgan hafta mobaynida butun dunyoda asosiy mavzuga aylanib ulgurgan, rasmiy boshlanish xavfi mavjud bo‘lgan sovuq urush “shamoli” Shvetsiyada ham o‘z oqibatlarini ko‘rsata boshladi.
Yaqin ikki yuz yil ichida neytral va dunyodagi eng tinch davlatlardan biri hisoblangan, NATO harbiy-siyosiy blokiga qo‘shilmagan Shvetsiya sobiq ittifoq va AQSh davlatlari o‘rtasidagi sovuq urush - yadroviy qurollanish poygasi davrida ham o‘z pozitsiyasini fuqaro mudofaasiga qaratgan davlat hisoblanadi. Mamlakat mazkur davr mobaynida fuqaro gavjum joylarda 65000dan ortiq jon saqlash bunkerini qurdi. Faqat 2000 yilning boshlariga kelib shved hukumati ikki davlat diplomatik munosabatlarida iliqlikni ko‘ribgina mazkur operatsiyaga mablag‘ sarflashni to‘xtatgan edi.
Biroq 2014 yilda Rossiya Federatsiyasi tomonidan ochiqdan ochiq Qrimning annektsiya qilinishi bilan Vashington va Moskva munosabatlari anchayin sovuqlashib ulgurgan edi.
Dunyo minbarida “biz uchinchi jahon urushi arafasidamiz”, “ikki gegemon davlat murosaga kelishi kerak”, deb jar solinayotgan bir paytda, Rossiya Federatsiyasining prezidenti Vladimir Putin jahon hamjamiyati qarshisida Moskvani oqlashni boshlab yubordi. Uning fikriga ko‘ra, Kreml mazkur yadroviy qurol va mavjud davlatlar mudofaasini yaroqsizligini isbotlovchi qit'alararo ballistik raketalarini Yevropaga ko‘z-ko‘z qilishdan maqsadi, Rossiya agressor davlat emas, lekin endi Yevropa davlatlari ularga nisbatan istalgancha sanksiyalarini joriy qilmasdan, ular bilan ham hisoblashishi lozimligini tushunib olishlari kerak. Stokholm ham bu masalani nazardan chetda qoldirmadi. Xavf yana qaytganligi hisobga olinishi kerakligi mutaxassislar tomonidan ta'kidlanmoqda.
Shved mutaxassislarining xabar berishicha, agentlikka o‘tgan hafta mobaynida bir necha minglab fuqaro murojaati kelib tushgan. Uning ta'kidlashicha, murojaatlar agar yadro urushi boshlansa, fuqarolarga maxsus boshpanalar mavjudmi, degan savollardan iborat bo‘lgan. O‘tgan yilning sentabr oyida Shvetsiya Fuqarolik departmenti agentligining rasmiy xabariga ko‘ra, 10 millionlik fuqarosi bo‘lgan Shvetsiya aholisi uchun 7 millionlik jon saqlash boshpanasi mavjud. Bu shu savolni yuzaga keltiradiki, mazkur «sovuq holat» yuz bersa, 3 milliondan ortiq fuqaro nima qiladi?
Shvetsiya Mudofaa Komissiyasining xabar berishicha, eski bunkerlarni tiklash va yangilarini qurish uchun juda katta mablag‘ zarur. Jon saqlash bunkerlarini qurish rejasi yana davom ettirilishi davlat siyosatida ko‘zda tutilgan. Shved hukumati mazkur rejani 2021 yilga qoldirishni ko‘zlamoqda. Lekin inson hayotiga doir ijobiy siyosat Shvetsiyada doim oqlangan. Voqealar rivojini kuzatamiz.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026