Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transtinchokeani sherikligi mamlakatlari yangi bitimni AQShsiz imzolashdi
Foto: Carlos Barria / Reuters
Transtinchokeani sherikligi (Trans-Pacific Partnership, TPP) ni shakllantirish haqidagi bitimning ishtirokchi davlatlari AQSh chiqib ketgach, shartnomaning yangi namunasini imzolashdi. Marosim translyatsiyasi Chili tashqi ishlar vazirligi saytida jonli efirda uzatilib turildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Hujjat ostida 11 davlat vakillari o‘z imzolarini qo‘yishdi. Bular — Avstraliya, Bruney, Vetnam, Kanada, Malayziya, Meksika, Yangi Zelandiya, Peru, Singapur, Chili va Yaponiya vakillaridir.
Transtinchokeani sherikligi haqidagi bitim yetti yillik muzokaralardan so‘ng 2016 yilning fevralida Yangi Zelandiyada imzolangan edi. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va texnologiyalarning erkin harakatlanishini ta'minlovchi mazkur zonaning qatnashchilari soni 12 ta bo‘lishi kerak edi. Biroq, AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z lavozimiga kirishgan zahoti Vashington TPP’dan voz kechishi haqida bayonot berdi. Uning fikricha, bitim raqobatchilarni asoslanmagan foydaga ega qiladi va Amerika manfaatlarini to‘laqonli ifodalamaydi.
AQShning voz kechishi kelishuvlarga qattiq zarba bo‘ldi, biroq uning qolgan qatnashchilari maslahatlashuvlarni davom ettirishdi va yanvar oyida Tokioda o‘tkazilgan uchrashuvda 11 mamlakat ishtirokidagi, tahrirlangan yangi bitimni imzolashga kelishib olishgan edi.
Mavzuga oid
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
21:35 / 17.01.2026
AQShda rekord darajada ko‘p migrant ushlandi
20:58 / 17.01.2026