Jahon | 09:45 / 10.03.2018
7936
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning savdo cheklovlaridan barcha davlatlar zarar ko‘radi – Fransiya prezidenti

Foto: RIA Novosti/ Irina Kalashnikova

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron AQSh prezidenti Donald Tramp bilan suhbatda AQSh tomonidan Yevropadan import qilinuvchi po‘lat va alyuminiyga boj to‘lovlari kiritilishidan jiddiy xavotir bildirib, savdo cheklovlaridan barcha yutqazishini aytgan. 

“Prezident xalqaro savdoning umumiy qoidalari mustahkamlanishi va ularning samarali qo‘llanishi muhimligini ta'kidlab o‘tgan”, deb aytilgan Makron ma'muriyatining bayonotida.

Makronning aytishicha, “AQSh barcha davlatlar zarar ko‘radigan savdo urushini boshlashi mumkin”. Uning ta'kidlashicha, “Yevropa xalqaro savdo qoidalariga zid keluvchi istalgan amaliyotga aniq va mutanosib javob beradi”.

Tramp 8 mart kuni po‘lat va alyuminiy mahsulotlari importiga boj to‘lovlari kiritilishi haqidagi farmonni imzoladi. Uning ta'kidlashicha, bir qator davlatlar, jumladan, Kanada, Meksika va Avstraliya ushbu to‘lovlardan ozod etilishi mumkin. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid