O‘zbekiston | 13:10 / 10.03.2018
25976
4 daqiqa o‘qiladi

Chinoz yo‘liga o‘rnatilgan fotoradarlar qoidabuzarlarni aniqlay boshladi

M39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘linig 806-871 km.lari oralig‘ida yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatilib, ishga tushirilgani xabar qilingan edi. Bundan ko‘zlangan maqsad, Toshkent viloyatining avtomobil yo‘llarida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati ishtirokchilarini harakatlanish xavfsizligini ta'minlash va innovatsion texnologiyalarni hayotga tadbiq etish edi. 

Foto: IIB YHXB
Foto: IIB YHXB
Foto: IIB YHXB
Foto: IIB YHXB
Foto: IIB YHXB

Toshkent viloyati IIB YHXBning ma'lum qilishicha, haydovchilar OAV va internet tarmoqlari orqali ogohlantirilganiga qaramay, 2018 yilning 16 fevral kunidan  07 mart kuniga qadar 23000 dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkich hududlar (viloyatlar) kesimida tahlil etilganda, 
Toshkent shahar - 8205ta
Toshkent viloyati-4896ta 
Samarqand-2395ta 
Sirdaryo viloyati-1684ta 
Jizzax-1709ta 
Farg‘ona-202ta
Namangan-138ta
Andijon-165ta
Qashqadaryo-1825ta 
Surxondaryo-855ta
Buxoro-545ta 
Navoiy-330ta 
Xorazm-225ta 
Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 245tadan belgilangan tezlikni oshirish qoidabuzarliklari sodir etilgan.

Foto: IIB YHXB
Foto: IIB YHXB
Foto: IIB YHXB
Foto: IIB YHXB

Bundan tashqari ushbu tezlikni me'yoridan oshirib boshqarish qoidabuzarligiga bo‘ysunmasdan muntazam ravishda amal qilmasdan kelayotgan haydovchilar ro‘yxati tahlil qilindi. 

-Kobalt rusumli 10 Q 5?? NA bo‘lgan avtomashina 9 marotaba ya'ni 4.650.480 so‘m miqdorda,  
-Spark rusumli davlat raqam belgisi 01  J 5?? TA bo‘lgan avtomashina 8 marotaba ya'ni 3.789.280 so‘m miqdorda,  
-Neksiya rusumli davlat raqam belgisi 01 2?? JEA bo‘lgan avtomashina 7 marotaba ya'ni 3.272.560 so‘m miqdorda, 
-Neksiya rusumli davlat raqam belgisi 01 J 2?? SA bo‘lgan avtomashina 7 marotaba ya'ni 4.994.960 so‘m miqdorda, 
-Neksiya rusumli 10 D 7?? FA bo‘lgan avtomashina 7 marotaba ya'ni 3.961.520 so‘m miqdorda,  
-Kobalt rusumli davlat raqam belgisi 10 L 5?? NA bo‘lgan avtomashina 7 marotaba ya'ni 1.894.640 so‘m miqdorda, 
-Vaz2106 rusumli davlat raqam belgisi 10 O 1?? NA bo‘lgan avtomashina 7 marotaba ya'ni 1.205.680 so‘m miqdorda, 
-Lasetti rusumli davlat raqam belgisi 20 4?? TTA bo‘lgan avtomashina 7 marotaba ya'ni 1.894.640 so‘m miqdorda, 
-Neksiya rusumli davlat raqam belgisi 20 J 0?? BA bo‘lgan avtomashina 7 marotaba ya'ni 2.583.600 so‘m miqdorda, 
-Lasetti rusumli davlat raqam belgisi 30 M 5?? FA bo‘lgan avtomashina 7 marotaba ya'ni 3.272.560 so‘m miqdorda jarima undirilishi belgilangan. 

Foto: IIB YHXB
Foto: IIB YHXB
Foto: IIB YHXB
Foto: IIB YHXB
Foto: IIB YHXB

Eslatib o‘tamizki, O‘zR Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilab berilgan 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid