Jahon | 12:15 / 10.03.2018
8970
2 daqiqa o‘qiladi

Polshani Yevroittifoq bilan mojaroda uch davlat qo‘llab-quvvatladi

Foto: Global Look Press/Saulyus Skvyarnyalis

Yevroittifoq davlatlarining Polshadagi sud islohoti bo‘yicha munozaralarida Boltiqbo‘yi mamlakatlari Varshavani qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Litva, Estoniya va Latviya hukumati ma'lum qilgan.

Mamlakatlar muloqot yo‘li bilan YeIda «umumiy pozitsiyani» ishlab chiqishi mumkin, deb xabar bermoqda «RIA Novosti». Litva bosh vaziri Saulyus Skvyarnyalisning ma'lum qilishicha, xususan, uning davlati «Polsha tomoni nimaga intilayotgani va sud islohoti o‘tkazilishi lozimligini tushunmoqda, hamda Polshaga nisbatan cheklov choralari ko‘rilishiga harakat bo‘lsa, Litva Polsha Respublikasini qo‘llab-quvvatlaydi»».

Latviya va Estoniya bosh vazirining ma'lum qilishicha, Varshava uchun YeI yig‘ilishlari davomida ovoz berish huquqi cheklanishi bo‘yicha masala «hattoki ko‘rib chiqilmayapti».

Eslatib o‘tamiz, Yevroparlament mart boshida ko‘pchilik ovoz bilan Yevrokomissiyaning Polshaga nisbatan sanksiyalari bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatladi. Mamlakat milliy sud islohotida «demokratik normalardan chetlashgani uchun» YeI Kengashida ovoz berish huquqidan mahrum etilishi mumkin.

Mamlakatda vaziyatni o‘nglash uchun uch oy bor, shundan keyin Varshavani YeI Kengashida ovoz berish huquqidan mahrum qilish jarayoni ishga tushiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid