O‘zbekiston | 16:50 / 10.03.2018
21103
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 107ta «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi olib tashlandi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi

Toshkent shahrida o‘z ahamiyatini yo‘qotgan 107ta “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgilari olib tashlanib, 28ta “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilari almashtirildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.

Hozirgi kunda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” xamda 3.28 “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilarini xatlovdan o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi

Xatlov jarayonida yuqorida qayd etilgan yo‘l belgilarining harakat ishtirokchilariga ko‘rinish darajasi, shuningdek ularning ko‘cha va yo‘llarning belgilangan qismlaridagi mavjud holatga mosligiga e'tibor qaratilmoqda.

Xatlov natijalariga ko‘ra, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan 107ta 3.27 “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgilari olib tashlandi va 28ta 3.28 “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilari almashtirildi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi

Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalishda ko‘rilayotgan choralar yo‘l harakati ishtirokchilariga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi xamda yo‘lovchilarni muammosiz tushirib chiqarish imkoniyatini beradi.

Mavzuga oid