Jahon | 20:50 / 11.03.2018
6448
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an NATOni Suriyadagi voqealarga ko‘z yumishda aybladi

Foto: Anadolu

Turkiiya prezidenti NATOni Suriya masalasida qattiq tanqid qildi.

«NATO yana qachongacha Suriyada bo‘layotgan voqealarni inkor qilmoqchi? Alyans qachon Suriya hududidagi terrorchilar hujumiga uchrayotgan Turkiyani qo‘llaydi?», - degan Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Bolu viloyatidagi chiqishi vaqtida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holat Suriya prezidenti Bashar Asad rejimiga nisbatan ham kuzatilmoqda.

«Qachon NATO o‘zini ko‘rsatadi? Men yana necha marta shunday chaqiriq bilan chiqishim kerak?», - degan Erdo‘g‘an. U Suriya va Turkiya chegarasi umumiy uzunligi 911 kilometrni tashkil qilishini eslatib o‘tgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid