Eronda qulagan samolyotda 11 kishi bo‘lgan – OAV
Eron g‘arbida falokatga uchragan turk samolyoti bortida 11 kishi, jumladan ekipajning 3 a'zosi bo‘lgan. Bu haqda Turkiya transport vazirligiga iqtibos keltirgan holda NTV telekanali xabar bermoqda.
Avvalroq ISNA axborot agentligi samolyot bortida 11 nafardan 20 nafargacha odam bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgan. Sharja-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyot Chaxarmaxal va Baxtiyoriya viloyatidagi tog‘li hududga qulagan. Samolyot yerga urilgach yonib ketgan.
Ma'lum qilinishicha, samolyot Turkiyaning Başaran Holding investitsion kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Samolyot 11 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:40larda radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Eronlik qutqaruvchilar samolyot qulagan joyga yetib borishga urinmoqdalar.
Qolgan tafsilotlar hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
09:49
«Urush harakati»: Bayden Eronni Trampga suiqasd oqibatlari haqida ogohlantirdi
14:35 / 13.10.2024
The New York Times Hamasning 7 oktyabr kungi hujumdan oldingi uchrashuvlari protokollarini qo‘lga kiritdi
16:19 / 12.10.2024
Futbolda murabbiy nimaga kerak? Eronga qarshi futbol o‘ynamaganimiz haqida
19:41 / 11.10.2024