10:13 / 13.03.2018
3262

Kuba parlamentining barcha deputatlari saylandi 

Foto: RIA Novosti

Kubaning Xalq hokimiyati milliy assambleyasiga (parlament) saylovlar natijalariga ko‘ra, barcha 605 deputat o‘z lavozimlariga saylandi. Bu haqda mamlakat saylov komissiyasi ma'lum qildi.  

Ular orasida Kuba davlat kengashi va vazirlar kengashi rahbari Raul Kastro bor. Uning nomzodi saylovlarga Santyago-de-Kuba viloyatidagi munitsipalitetlardan biri tomonidan qo‘yilgandi. Granma portali ma'lumotlariga ko‘ra, 11 martda o‘tgan saylovlarda 8,9 mln saylovchidan 83 foizi qatnashgan.

Bu saylovlar shunisi bilan muhimki, parlamentning yangi chaqirig‘i 19 aprelda o‘zining birinchi majlisida Kuba davlat kengashi a'zolarini saylaydi, ular esa o‘z navbatida Kubaning yangi rahbarini tanlashadi. Ayni vaqtda mamlakatdagi eng yuqori lavozimlarni Raul Kastro egallamoqda, biroq u avvalroq bu lavozimlarni aprelda tark etishini aytgan.

 

Top