Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iran Air birinchi marta ayol uchuvchilarni ishga qabul qilmoqchi
Foto: IRNA
Eronning Iran Air aviakompaniyasi (Homa) birinchi marta ayol uchuvchilarni ishga yollashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Iran Air bosh direktori Farzona Sharofbofiy aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Iran.ru.
"Aviakompaniya yangi uchuvchilarni ishga yollash haqidagi vakansiyalar reklamasini har yil e'lon qiladi. Joriy yildagi reklamaning eng asosiy jihati – ayol uchuvchilarni yollash imkoniyati", - deya ma'lum qildi Sharofbofiy.
Ayni damda Iran Air’dagi besh nafar top-menejyer ayol kishidir, deya aytib o‘tdi u. Qo‘shimcha qilinishicha, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Homa’da taxminan 1780 nafar va aviatashuvchining filial kompaniyalari hamda agentliklarida taxminan 4000 ming ayol kishi ishlaydi.
Iran Air bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, Homa’da ishlayotgan ayollarning taxminan 16 foizi o‘rta sinfdagi amaldorlar tarkibiga kiradi.
"Biz uchun xodimlarimiz orasida ayol uchuvchilarning bo‘lishi juda muhim", - deya ta'kidlab o‘tdi Sharofbofiy.
Mavzuga oid
12:41 / 16.03.2026
O‘zbekistonda 12 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan
12:01 / 06.03.2026
Turkiyada o‘zbekistonlik yana bir ayolning jasadi topildi
19:11 / 02.03.2026
Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda
23:07 / 17.02.2026