O‘zbekiston | 15:39 / 14.03.2018
10318
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston lokomotivlari O‘zbekistonga kirib keladi

Jyenis Qosimbekov . Foto: Sputnik

Qozog‘iston Respublikasi Investitsiya va rivojlanish vaziri Jyenis Qosimbekov kelgusida O‘zbekistonga qozoq lokomotivlarini olib kirishni bildirdi. Bu haqda Sputnik nashri xabar beradi.

«Biz O‘zbekistonga avval eksport qilmagan mahsulotlarni yetkazib berishni boshladik. Masalan, akkumulyator va transformatorlar, Aqto‘bedagi yangi zavodda ishlab chiqarilayotgan temir yo‘l relslari shular jumlasidandir. O‘tgan yili tashkil etilgan Qozog‘iston-O‘zbekiston ishbilarmonlar forumida qariyb 840 million AQSh dollaridan ko‘p qiymatdagi shartnomalar imzolangandi. O‘ylaymanki, bu yil Ostonada o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan forumda ham shunday natija takrorlanadi», deydi u. 

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Qozog‘istonga asosan qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat mahsulotlarini yetkazib turadi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid